
35 yoshli Maskerano endi Argentinada o‘ynaydi
Argentinaning "Estudiantes" klubi Xaver Maskeranoni rasman o‘z futbolchisi sifatida ommaga tanishtirdi.
Uni shaxsan klub prezidenti Xuan Sebastyan Veron ommaga tanishtirdi. Aytish kerakki, 35 yoshli Maskerano "Estudiantes" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, Maskerano faoliyati davomida "River Pleyt", "Korintians", "Vest Xem", "Liverpul", "Barselona" va "Xebey Chayna Forchun" klublarida to‘p surgan.
Fikrlar