
37 yoshli Ronaldudan navbatdagi rekord!
APL 34-turidan o‘rin olgan bahsda MYu safarda "Arsenal"ga imkoniyatni boy berdi (1:3). Mazkur o‘yinda "qizil iblislar"ning yagona goliga yana o‘sha Krishtianu Ronaldu muallliflik qildi.
Shu tariqa, portugal gol urish borasida navbatdagi rekordni qayd etdi. Unga ko‘ra, hujumchi ham APL, ham La Ligada 100 ta va undan ko‘p gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.
Ispaniya chempionatida u 292 bellashuvda 311 gol urgan. Angliya chempionatida esa Krishtianu 223 uchrashuvda 100 ta gol qayd etgan.
Fikrlar