
401, 399 daqiqa yoxud Eldor Shomurodovning "quruq" seriyasi qanchaga cho‘zilmoqda?
Mavsum avvalida "Roma"ga borib qo‘shilgan Eldor Shomurodov tezda barchaning og‘ziga tushdi. Biroq u anchadan beri muvaffaqiyatli harakat amalga oshira olmayapti. Xo‘sh, siz yulduzimizning "quruq" seriyasi qancha muddatdan beri davom etayotganidan xabardormisiz?
Eldor 401 daqiqadan beri raqib darvozasiga yo‘l topa olmayapti. Bunga klub va terma jamoa miqyosidagi uchrashuvlar kiradi. Ya’ni, legionerimiz so‘nggi bor 5 sentyabr kuni Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Kristoffer Nordfeldt postini ishg‘ol etgandi.
Faqatgina klub tarkibida esa, uning golsiz seriyasi 309 daqiqani tashkil etadi. 19 avgust kuni o‘tkazilgan "Trabzonspor" jamoasiga qarshi bahsda Shomurodov o‘zining hozircha so‘nggi bo‘lib turgan golini kiritgandi.
Umuman olganda, vakilimiz joriy mavsum rasmiy bellashuvlarda o‘z hisobiga 1 gol hamda 4 assistni yozdirib qo‘ydi. Eldor A Seriyada 2 bor sheriklari goliga hammualliflik qilgan. Hozircha, 11 turdan keyin uning hisobida gol yo‘q.
Yuqorida shunchaki statistikani e’tiboringizga havola etdik. Keyingi uchrashuvlarda Shomurodovdan samarali harakatlar kutib qolamiz. Chunki boshqachasiga u "bo‘rilar" "to‘dasi"da jon saqlab qola olmaydi!
Fikrlar