401 millionga 9 ta futbolchi olgan “Chelsi”ga yana ikki transfer zarur

  • 25 avgust, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Chelsi”ni qabul qilib olgan Maurisio Pochettino yozda tarkibni tubdan o‘zgartirib yubordi. Argentinalik mutaxassis hali jamoani shakllantirish jarayoni tugamaganini ma’lum qildi.

Bosh murabbiy hozirning o‘zida tarkibga yana ikki nafar futbolchini olib kelish kerakligini ta’kidlamoqda. Pochettino bitta darvozabon va ko‘p gol ura oladigan hujumchiga ehtiyoj bor, deb hisoblaydi.

- Bizga hech bo‘lmaganda bitta yaxshi darvozabon kerak. Iste’dodli yosh darvozabonlarimiz bor, lekin ularga hali vaqt kerak. Shuningdek, hujumni kuchaytiradigan o‘yinchi olishimiz zarur.

Maqsadimiz – tarkibga yana bir yangi futbolchini qo‘shib olish emas. Keladiganlar yosh o‘yinchilarni o‘sishdan to‘sib qo‘ymasligi kerak. Klub bu yo‘nalishda ishlayapti va yangilik bo‘lsa, xabar beramiz, - dedi Maurisio Pochettino.

“Chelsi” yozgi transferlar vaqtida jami 9 nafar futbolchi transferini amalga oshirdi va buning uchun klub g‘aznasidan 401 million evro miqdorida mablag‘ sarflandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!