5 yoshli shaxmatchi qizimiz Abu-Dabidagi turnirda o‘z debyutini nishonladi

  • 23 avgust, 16:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida shaxmat bo‘yicha "31- Abu Dhabi International Chess Festival" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Turnir shveytsarcha tizimda 9 raunddan iborat bo‘lib, ishtirokchilarga 90 daqiqa va birinchi yurishdan boshlab, 30 soniyadan vaqt nazorati belgilanadi. Tashkiliy qo‘mita o‘yinchilarni besh yulduzli mehmonxonada bepul joylashtirishni ta’minlaydi. 

Musoabaqada 55 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchilar ishtirok etmoqda. 

Ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu turnirda 5 yoshli shaxmatchi qizimiz Abdulazizova Asliya o‘zining debyutini nishonladi. U mazkur bahsda amirliklar vakili hisoblangan Fotima Saidga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ta’kidlash kerak Asliyaning raqibi undan 2 yosh katta edi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!