Pakyao o‘ziga tegishli chempionlik kamarini Vargasdan tortib oldi
Filippin senatori, taniqli professional bokschi Menni Pakyao qisqa tanaffusdan so‘ng yana professional bokschilik faoliyatini davom ettirmoqda.
Pakyao faoliyatidagi 67 jangini amerikalik Jessi Vargasga qarshi o‘tkazdi. Las-Vegas shahrida tashkil etilgan bu jang sovriniga Vargasga tegishli bo‘lgan Butunjahon boks tashkilotining (WBO) 66,68 kilogramm vazn toifasidagi chempionlik kamari bo‘ldi.
Jang 12 raund davom etdi va hakamlar 114:113, 118:109, 118:109 hisobida g‘alabani Menni Pakyaoga berishdi.
Aslida 37 yoshli Pakyao ushbu kamarini 2015 yili may oyida amerikalik Floyd Meyvezerga boy bergan edi. Mana o‘sha mag‘lubiyatdan keyin Menni Pakyao shu yilning aprel oyida Timoti Bredlini mag‘lub etib, chempionlik jangida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Pakyao Vargas bilan bo‘ladigan jang shartnomasini shu yilning avgust oyida imzolagan edi. Shu tariqa Pakyao 67-jangida 59-g‘alabasini (38 ta nokaut) nishonladi. Shuningdek, filippinlik superbokschi oltita mag‘lubiyat va ikkita durang qayd etgan.
Fikrlar