
74 futbolchi termadan taklif oldi
Luis Enrike Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaganidan beri bevosita 74 nafar futbolchini ko‘rikdan o‘tkazdi.
Bu mutaxassis doim terma jamoaga kerakli paytda yaxshi sport formasini saqlab turgan yoki bosh murabbiy talablariga to‘g‘ri keladigan o‘yinchilarni chaqirishini ta’kidlab keladi.
Aslida Enrike uchun terma jamoada yaqqol etakchi o‘yinchi yo‘q.
Aksariyat mutaxassislar bosh murabbiy uch futbolchi – “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri, “Manchester Yunayted” darvozabon David de Xea va “Barselona” etakchilaridan Serxio Busketsni muntazam terma jamoaga jalb qilishiga e’tibor qaratgandi. Biroq, Enrike navbatdagi yig‘inga de Xea va Buskets taklif qilinmadi.
Enrike bosh jamoadagi faoliyati davomida olti nafar darvozabon, 29 ta himoyachi, 20 ta yarim himoyachi va 21 ta hujumchini sinovdan o‘tkazgan.
Fikrlar