
8 nokdaun va nokautdan iborat aqlbovar qilmas jang bo‘ldi (Video)
Amerikalik Xose Cepeda Las-Vegasdagi boks oqshomining asosiy jangida belaruslik Ivan Baranchikni nokautga uchratdi.
Jang beshinchi raundda yakunlandi. Bungacha bokschilar bir-birlarini sakkiz marta nokdaunga tushirdi. Cepeda besh marta (birinchi raundda uch marta), Baranchik uch bora bunday ishni amalga oshirdi. Jang superengil vaznda (63,6 kg gacha) bo‘lib o‘tdi.
31 yoshli Cepeda hisobida 33 g‘alaba (26 KO) va bitta mag‘lubiyat, 27 yoshli Baranchikda esa 20 g‘alaba (13 KO) va 2 mag‘lubiyat bor. Yana shuni qo‘shimcha qilish lozimki, mazkur vaznda hamyurtlarimiz Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov ham faoliyat yuritadi.
Fikrlar