
A Seriya jamoasi 40 yoshli Tottiga shartnoma taklif qildi
Italiya A Seriyasi klublaridan biri “Roma”ning 40 yoshli sardori Franchesko Tottiga bir yillik shartnoma taklif qildi. Ammo, bu aynan qaysi klub ekanligi haqida aniq ma’lumot yo‘q.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Rim shahri jamoasi “qariya” futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Tottining “bo‘rilar” bilan amaldagi kelishuvi esa yozda o‘z nihoyasiga etadi va u erkin agent maqomidagi futbolchiga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Totti shu kungacha bo‘lgan futbolchilik faoliyatini “Roma” safida o‘tkazgan. U 1992 yildan buyon rimliklar safida to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar