
AGMKning OChL saralashidagi raqibi Premer-liga jamoasini mag‘lub etdi
Mirjalol Qosimov shogirdlari musobaqani saralash bosqichidan boshlashadi va ularning ilk raqibi Tojikistonning "Istiqlol" klubi bo‘ladi. Qo‘shnilarimiz bo‘lajak uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Jumladan Hakim Fuzaylov boshqaruvidagi "Istiqlol" ayni kunlarda Turkiyada yig‘in o‘tkazmoqda. Jamoa u erda 4 ta nazorat o‘yinida ishtirok etishi borasida xabar bergan edik.
Bugun ana shu uchrashuvlarning ikkinchisi bo‘lib o‘tdi. Bu safar ularga Bosniya va Gertsegovina Premer-ligasi ishtirokchisi "Chelik" jamoasi raqiblik qildi. Mazkur bellashuvda qo‘shnilarimiz 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Sheriddin Boboev hamda Nozim Bobojonovlar mualliflik qilishdi.
Dushanbeliklar o‘zlarining kelgusi nazorat o‘yinini Daniya Birinchi ligasi ishtirokchisi "Kyoge"ga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, AGMK - "Istiqlol" uchrashuvi 12 fevral kuni Olmaliqda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar
Кучайиш жараёни хаттоки Пахтакорникидан хам олдинда.
Биргина бош мураббийликка Миржалол аканинг келишининг узи энг аклли юриш булди.
Олмаликка омад,ОЧЛда гурух боскичига чикиб Узбекистонга куплаб очколар такдим этиш насиб этсин.
Суперлигамизнинг кекирворган мешкоринлари Лока ва Пахтакордан хам бир нималар кутамиз.
Примьер Лигамушаа))