
APL. Sulsher boshqaruvidagi MYu qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda ham g‘alabaga erishdi
So‘nggi uch o‘yinda yirik hisobdagi g‘alabalarni qayd etib kelayotgan "Manchester Yunayted" bu tur "Nyukasl Yunayted" mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Romelu Lukaku va Markus Reshfordlar mualliflik qildi.
Shu tariqa Ule-Gunnar Sulsher kelgach "qizil iblislar" qatorasiga to‘rtinchi g‘alabani qayd etdi.
Parallel ravishda kechgan "Bornmut" - "Uotford" bellashuvi esa gollarga boy tarzda kechdi va yakunda jangoavar durang natija qayd etildi - 3:3.
Fikrlar