
APLda ishlari yurishmayotgan Gvardiola "Barselona" futbolchilariga ko‘z tikmoqda
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitichni “shaharliklar” takribida ko‘rishni mo‘ljallamoqda.
ESPN nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, ispaniyalik mutaxassis 28 yoshli futbolchini David Silva, Yaya Ture va yaqinda erkin agentga aylanishi kutialayotgan Fernandolarning o‘ringa munosib o‘rinbosar sifatida taklif qilmoqchi.
Qayd etish joiz, Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisining taxminiy bahosi 38.5 million evroga teng ekanligi aytilmoqda.
Fikrlar