
APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomiga nomzodlar e’lon qilindi
Angliya premer-ligasi mavsumning eng yaxshi murabbiyiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ushbu nomga Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"), Yurgen Klopp ("Liverpul"), Kris Xyuton ("Brayton"), Rafael Benites ("Nyukasl"), Roy Xojson ("Kristal Pelas") va Shon Daych ("Bernli") kabi mutaxassislar da’vogarlik qilishmoqda.
Bu borada g‘olib nomi 10 may kuni muxlislar o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra e’lon qilinadi.
Fikrlar