Abramovichning jamoasiga da’vogarlar ortmoqda. Navbatdagi xaridor Buyuk Britaniyaning eng boy odami

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” klubiga yangi xaridorlar chiqishda davom etmoqda, deya zabar beradi britan OAV. Avvalroq klub xo‘jayini Roman Abramovich jamoani sotish istagi borligini ma’lum qilgan edi.

Bungacha esa OAVda klub Buyuk Britaniyaning eng boy odami Jim Retkliff da’vogarlik qilib turgan edi., biroq Mirror nashri xabariga ko‘ra, yana bir xaridor chiqqan. Bu amerikalik yirik tadbirkor Pol Allen. U NBAdagi “Portlend Treyl Bleyzers” va NFLdagi “Sietl Sixouks” klublariga egalik qiladi.

Manbada yozilishcha, 65 yoshli boyvachcha Nyu-Yorkda isroillik agent Pini Zaxavi bilan klubni sotib olish borasida suhbatlashgan. Zaxavi – Abramovichning yaqin do‘sti.

Abramovich 2003 yili “Chelsi”ni 140 million funt evaziga sotib olgan. Bu vaqt ichida klub besh martadan mamlakat chempioni, kubok sohibi va ikki marta Angliya superkubogi, uch marta Liga kubogi, bir martadan EChL va Evropa Ligasida (jami 17 sovrin) zafar quchdi.

O‘tgan 98 yil ichda “Chelsi” atigi 9 titulga: bitta chempionlik titul, kubok sohibi va 2 marta Angliya kubogi, 2 marta Liga kubogi, shuningdek, 2 marta UEFA kubogi va 1 marta UEFA superkubogini qo‘lga kiritgan.

Bloomberg nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, rossiyalik tadbirkor klubni 3 milliard funtga sotishga tayyor. U bu aktivlarini Amerikadan bo‘lishi mumkin bo‘lgan sanktsiyalar uchun asrab qo‘ymoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!