Amir Xan Meyvezer va Makgregor to‘qnashuvida dahshatli nokautni kutmoqda

  • 07.08.2017 13:17
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Birinchi yarim o‘rta vazn toifasining sobiq jahon chempioni Amir Xan engil vaznda UFC chempioni Konor Makgregor boks bo‘yicha 12 karra jahon chempioni kichik Floyd Meyvezerga qarshilik qila olmasligini ta’kidlab o‘tgan.

O‘ylaymanki, jang juda qo‘rqinchli o‘tadi. Hozir turli fikrlar bildirilmoqda. Meyvezer uni xohlagan kuyiga soladi. Buni hattoki jang deb bo‘lmaydi. Makgregorning boksda tajribasi yo‘q. Men hotirjamlik bilan dahshatli nokaut bo‘lishi ayta olaman. Meyvezer so‘nggi olti yildan keyin kimnidir nokaut qiladi. Makgregor hech narsa yutqazmaydi. U shunchaki 100 mln dollar oladi, – deya Xanning so‘zlarini keltiradi Boxing Scene nashri.

Eslatib o‘tamiz, Meyvezer va Makgregor jangi 26 avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!