Ana xolos! Messi Dembeleni asosiy tarkibda ko‘rishni istamayapti

  • 27.08.2018 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" sardori Lionel Messi frantsiyalik vinger Usmon Dembeleni jamoaning asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rmayapti.

Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra besh karra “Oltin to‘p” sohibi 21 yoshli frantsiyalik futbolchining mavsum startini ajoyib boshlaganiga qaramay, o‘yin davomida uning sheriklari bilan munosabatlari qovushmayotgani va oddiy vaziyatlarda to‘pni yo‘qotayotganidan norozi bo‘lmoqda.

Messining so‘zlariga ko‘ra “Barselona” hujum chizig‘ida u va Luis Suares bilan birga Filippe Koutino harakat qilishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!