
Andre Silva Ispaniyada Ronaldu qila olmagan ishni qildi
“Sevilya”ga yozgi transferlar davrida “Milan”dan kelib qo‘shilgan hujumchi Andre Silva La Liga tarixiga kirdi. Bu haqda OptaJose nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki, 22 yoshli portugaliyalik forvard XXI asrda Ispaniya chempionatidagi debyut o‘yinida xet-trik qayd etgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Ta’kidlash kerakki, Silvaning hamyurti Krishtianu Ronaldu o‘zining La Ligadagi debyut o‘yinida "Deportivo" darvozasiga faqatgina 1ta gol urishga erishgan.
La Ligadagi debyut o‘yinida xet-trik qayd etgan futbolchi bu Romario hisoblanadi. Ushbu voqea 1993 yilda sodir bo‘lgan.
Fikrlar