
Angliya kubogi. "Lester" "Chelsi"ni qiynadi
Hozirgina Angliya kubogi chorak final bosqichi doirasida “Lester Siti” hamda “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur bellashuvda “aristokratlar” 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Dastavval 42-daqiqada Alvaro Morata Villianning uzatmasidan so‘ng gol kiritib, hisobni ochdi. 76-daqiqada esa Jeymi Vardi muvozanatni tikladi.
Asosiy vaqtda kuchlar teng kelgach, g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat etildi. Ekstra taymda esa zahiradan maydonga tushgan Pedro gol kiritib, londonliklarni yarim finalga olib chiqdi.
Angliya kubogi. Chorak final
Lester – Chelsi 1:2 (0:1, 1:0, 0:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 42 Morata, 1:1 – 76 Vardi, 1:2 – 105 Pedro.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Simpson (Diabate, 105), Maguayr, Marez, Iborra (Adrien Silva, 105), Ndidi, Olbrayton (Grey, 115), Ixeanacho (Okadzaki, 68), Vardi.
Chelsi – Kabalero, Aspilikueta, Kristensen (Keyxill, 101), Ryudiger, Mozes, Villian (Pedro, 92), Kante, Azar, Bakayoko (Fabregas, 46), Alonso, Morata (Jiru, 105).
Ogohlantirishlar: Maguayr (25), Bakayoko (45), Mozes (89).
Fikrlar