
"Anji" rahbariyati futbolchilarning talabini qondiradimi?
“Anji” futbolchilarining premer-liganing navbatdagi turida TsSKAga qarshi maydonga tushishlari hamon so‘roq ostida qolmoqda.
Rossiyalik jurnalist Vasiliy Konovning ma’lum qilishicha maxachkalaliklar rahbariyati va jamoa futbolchilari o‘rtasida bugun yig‘ilish bo‘ladi. Unda o‘yinchilarning bundan bir necha kun oldin rahbariyat oldiga qo‘ygan talabi muhokama qilinadi hamda bu borada yakuniy qarorga kelinadi.
Eslatib o‘tamiz, “Anji” klubining umumiy qarzi 300 million rubldan oshib ketdi. Jamoa a’zolari esa iyun oyidan buyon umuman maosh olishgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, ushbu jamoa safida hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov ham to‘p suradi.
Fikrlar