Anton Pinchuk Zuhriddin Mahkamovni mag‘lub qilib, "Astana Arlans"ga ilk g‘alabani taqdim qildi

CHERY AUTO


"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans Kazakhstan" jamoalari bahsida og‘ir vazn toifasidagi (91 kilogramm) jang ham keskin va murosasiz o‘tdi.

Tecno

Iste’dodli yosh bokschimiz Zuhriddin Mahkamov bu yil “Uzbek Tigers” safida debyut jangini o‘tkazib, muxlislarga ajoyib g‘alabani sovg‘a qilgan edi. O‘shanda u “Patriot Boxing Team” a’zosi Islom Tekeevni katta ustunlikbilan enggan edi.

Uning bugungi raqibi esa xalqaro tajribasi katta va o‘ta kuchli bokchilardan Anton Pinchuk bo‘ldi. Hamyurtimiz singari u ham WSBdagi ishtirokini joriy yilda boshlab, ketma-ket ikkita g‘alabaga erishgan.

Zukhriddin Mahkhamov

Bu bokschilarning o‘zaro to‘qnashuvida Zuhriddin ustunlikni raqibiga berib qo‘ydi va Pinchuk "Astana Arlans"ning bugungi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 3:0. Shunday qilib, jamoalar o‘rtasidagi hisob 3:1 ko‘rinishini oldi.

Avvalroq Elnur Abduraimov, Abdulhay Shorahmatov va Isroil Madrimov g‘alaba qozonishgan edi. Endi navbat kechaning eng engil vazn toifasidagi boksilariga. Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov Temirtas Jusupovga qarshi...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!