Argentina Olimpiadasiga yana bir yo‘llanma qo‘lga kiritildi

BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, oktyabr oyida Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o‘smirlar o‘rtasida uchinchi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Argentina Olimpiadasida ishtirok etuvchi sportchilarimiz soni endilikda yana bittaga ko‘paydi. 

O‘zbekiston engil atltetika federatsiyasining ma’lum qilishicha, ushbu sport turida yana bir vakilimizga bo‘lajak musobaqada ishtirok etish huquqini beruvchi xabar kelgan. Unga ko‘ra, uch hatlab sakrash yo‘nalishida bahs olib boruvchi Islom Sibagatgullin Osiyo qit’asi nomidan yurtimiz sharafini himoya qilishi belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, bu engil atletika yo‘nalishida qo‘lga kiritilgan to‘rtinchi yo‘llanma bo‘ldi. Bungacha ayni shu yo‘nalishda Roksana Xudoyorova, shuningdek, bosqon uloqtirish sektorida ishtirok etuvchi Rigina Adashboeva hamda Umidjon Hasanov ham Argentina Olimpiadasiga yo‘llanma olishgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!