“Arsenal” EChL qaydnomasiga Mertezaker va Uelbeklarni kiritdi
“Arsenal” klubining Evropa Chempionlar ligasi pley-off o‘yinlari uchun topshirgan qaydnomasida o‘zgarish yuz berdi. Bu UEFA rasmiy saytida e’lon qilindi.
“To‘pchilar” musobaqaning guruh bosqich o‘yinlarida jarohat sabab qatnasha olmagan himoyachi Per Mertezaker va hujumchi Denni Uelbeklarni yangi qaydonmaga kiritishdi. Ammo, londonliklar bu qo‘shimchalar evaziga himoyachi Karl Jenkinsonni ro‘yxatdan chiqarib yuborishga majbur bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” musobaqaning 1/8 final bosqichini Myunxenning “Bavariya” klubiga qarshi o‘tkazadi. O‘yinlar dastlab 15 fevral kuni Myunxenda, javob o‘yini esa 15 mart kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar