
"Arsenal" qishda yirik transferni amalga oshirmoqchi
Londonning "Arsenal" klubiya qinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida yirik xaridni amalga oshirmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” davralar oralig‘ida “Roma”ning iqtidorli futbolchisi Jengiz Underni sotib olmoqchi va buning uchun “bo‘rilar”ga 70 mln evro to‘lashga tayyor. Londonliklar 21 yoshli turk futbolchisini o‘zining uzoq muddatga safdan chiqqan yarim himoyachisi Denni Uelbek o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.
Ma’lumot uchun, Under “Roma” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 46ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar