"Arsenal" to‘purari safga qaytdi
Londonning "Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang sog‘ayib safga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, 29 yoshli gabonlik futbolchi betobligi sabab joriy hafta bo‘lib o‘tgan UEFA Evropa ligasining “Karabax”ga qarshi bahsini o‘tkazib yuborgan edi.
Berilgan xabarga ko‘ra Obameyang ertaga APLning 8-turi doirasida “Fulxem”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsida yordam bera oladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Fikrlar