“Arsenal”ga yana bir nemis futbolchisi qo‘shilishi mumkin

CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi tez kunlarda o‘z tarkibini yana bir yosh iqtidor egasi bilan to‘ldirishi mumkin. Aniqrog‘i, hozir Germaniyaning "Shtaynbax" klubi hujumchisi Daniel Xanslik “to‘pchilar” ko‘rigida bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, Xanslik ushbu mavsum "Shtaynbax"  safida 20ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14ta gol va 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Aytish lozimki, internetda Xanslikning Mesut O‘zil va Shkodranom Mustafilar bilan birga tushgan surati tarqaldi.Shuning o‘zi ham yuqoridagi xabarni isbotlaydi.

Nemis nashrlarining ma’lumotlariga ko‘ra “Arsenal” katta ehtimol bilan yozda Daniel Xanslik bilan shartnoma imzolaydi.  

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!