Arveladze finaldagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
"Final o‘z stsenariysiga mos o‘tdi. Xatolar kechirilmaydi. Raqib kutilganidek himoyada yaxshi harakat qildi. Biz o‘z o‘yinimizni namoyish etolmadik. AGMKni sovrin bilan tabriklayman.
Bizga bugun hissiyotlar etishmadi. Uni qaytarishga urinishimiz kerak. Maydonda biz bergan kuchni o‘zimizga qaytarishimiz shart.
Mag‘lubiyat bizga chempionatda yordam beradi. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish lozim", - deb gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Paxtakor" matbuot xizmati.



Fikrlar