"Astana Arlans"ga Toshkentga eng kuchli bokschilarini olib keladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalarining VII mavsumida "S" guruhining beshinchi tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

 

Unda guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turgan "Uzbek Tigers" bokschilar peshqadam jamoa - "Astana Arlans Kazakhstan" vakillarini qabul qiladi.

"Astana Arlans" ham ushbu uchrashuvga eng kuchli bokschilarini jalb etdi:

49 kilogramm: Osiyo chempioni Temirtas Jusupov

56 kilogramm: Osiyo o‘yinlari g‘olibi Ilyos Suleymenov

64 kilogamm: Qozog‘iston chempionati sovrindori Dilmurod Mijitov

75 kilogramm: Qozog‘iston chempioni Saparbay Aydarov

91 kilogramm: Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi Anton Pinchuk

"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans" uchrashuvi 1 aprel kuni “O‘zbekiston” sport majmuasida soat 18:30 da boshlanadi.

SPORTS.uz axborot portali bo‘lajak bellashuvni onlayn tarzda foto, video va matnli translyatsiya yordamida keng yoritadi!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!