"Atletiko" "Chelsi" bilan Jiru borasida muzokaralarni davom etirmoqda

  • 21 iyul, 2018, 15:21
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi xujumchisi Olive Jiru faoliyatini Ispaniyada davom etirishi mumkin.

Madridning "Atletiko" klubi Frantsiya terma jamoasi a’zosiga katta qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" vakillari Londonda ushbu transfer borasida muzokaralar olib borishmoqda.

"Atletiko" "Chelsi"ga Jiruni xozircha ijaraga olishni keyinchalik esa futbolchini to‘liq sotib olish ehtimoli bilan taklif yuborgan. Biroq, "aristokratlar" futbolchi borasida ijara shartnoma tuzib, keyinchalik majburiy sotib olishni talab qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, "Chelsi" rahbariyati Jiruning o‘rniga "Yuventus" klubi xujumchisi Gonsalo Iguainni Londonga olib kelishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!