Azar: "Chelsi" - yashirin favorit

  • 03.09.2018 23:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar jamoasining APL chempionligi uchun imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.

“Bizni chempionlik uchun da’vogarlar qatoriga kiritishmayotgani yaxshi. Biz soyadamiz va hech qanday bosimni his qilmaymiz. O‘z ishimizni a’lo darajada bajarib, har o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Angliyada har narsa bo‘lishi mumkin. Bu erda raqobatchilarimiz har qadamda ochko yo‘qotishlari mumkin.

Yana bir necha haftadan so‘ng biz “Liverpul”ga qarshi o‘ynaymiz. Agar biz ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsak, chempionlik uchun yaxshigina imkoniyatga ega bo‘lamiz”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq agar “Chelsi” bu mavsum biror bir musobaqada g‘olib chiqolmasa, Azar jamoadan ketishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!