Azar "Chelsi" tarixidagi to‘purarlar uchligiga kirib oldi
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar kecha APLning 3-turi doirasida "Nyukasl"ga (2:1) qarshi o‘tkazilgan safar bahsida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, ushbu gol 27 yoshli belgiyalik futbolchi uchun “aristokratlar” safidagi 70-gol bo‘ldi va u bu ko‘rsatgich borasida Jimmi Floyd Xasselbaynkani (69) ortda qoldirishga erishdi.
Ayni damda “Chelsi” tarixida Azardan ko‘p gol urgan faqat 2ta futbolchi bor. Ular Dide Drogba (104) va Frenk Lempardlardir (147).

Fikrlar