
Azar "Chelsi"da to‘p surishda davom etadi, faqat...
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Eden Azar o‘zining “Stemford Brij”dagi kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli futbolchi londonliklar safida to‘p surishda davom etadi, biroq u 2020 yilda nihoyasiga etadigan shartnomasini uzaytirmaydi.
Agar “Chelsi” ushbu vaqt orasida barcha musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etsa, Azar kelishuvni uzaytirishi mumkin.
Fikrlar