Azar ketsa "Chelsi" o‘rniga kimni olib keladi?

  • 28.07.2018 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati jamoadan ketish istagini bildirayotgan yarim himoyachi Eden Azarga o‘rinbos topib qo‘ydi.

GloboEsporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 27 yoshli belgiyalik futbolchining o‘rniga so‘nggi mavsumni Donetskning “Shaxtyor” klubida o‘tkazgan, ayni damda esa erkin agent maqomida yurgan braziliyalik Bernardni olib kelishmoqchi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum “konchilar” safida jami 29ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!