Balotelli faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsumning “Nitstsa” klubida omadli tarzda o‘tkazayotgan Mario Balotelli faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

AS nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, 26 yoshli futbolchiga “Las-Palmas” klubi qiziqish bildirmoqda. Nashrda keltirilishicha, ayni paytda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Agarda, barchasi ijobiy yakun topadigan bo‘lsa, italiyalik futbolchi las-palmasliklar bilan 1+1 ko‘rinishidagi shartnomaga imzo chekadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!