Balotelliga A Seriyaning 4 ta klubidan takliflar bo‘lmoqda

  • 8 yanvar, 2019, 15:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Nitstsa" klubi hujumchisi Mario Balotelli jamoasini o‘zgartirishga juda yaqin turibdi.

Tecno

Football-Italia tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli futbolchiga vatanidan bir qancha takliflar bor. Gap "Sampdoriya", "Bolonya", "Sassuolo" va "Parma" kabi klublar haqida ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Balotelliga shuningdek “Marsel”dan ham qiziqishlar mavjud. Ammo, u A Seriyaga qaytish niyatida.

Ma’lumot uchun, Mario Balotellining “Nitstsa” bilan shartnomasi mavsum yakuniga qadar imzolangan. Biroq, nitstsaliklar ushbu kelishuvni muddatidan avval bekor qilishmoqchi. Bunday holatda Balotelli erkin agentga aylanadi va yangi jamoasiga mutlaqo tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!