«Barsa» La Liga peshqadami! Kimga yaxshi, kimga yomon?

  • 7 yanvar, 2019, 17:58
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Madrid shahri atrofida bo‘lib o‘tgan qiyin uchrashuvda kataloniyaliklar «Xetafe»ni 2-1 hisobida safarda mag‘lub etdi. Bu «Barselona»ga turnir jadvalida katta farq bilan yaqin ta’qibchilaridan o‘zib ketishiga sabab bo‘ldi. Xo‘sh, uchrashuvning asosiy g‘olib va mag‘lublari kim?

Tecno

G‘olib: Leo Messi

Har doimgidek. Yangi yil ta’tilidan yaqinda qaytganiga qaramay Messining afsunlarini hech narsa to‘xtata olmaydi. Argentinalik futbolchi yana eng zo‘r o‘yinini namoyish qildi. Ammo uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmaganiga bir necha vaziyatlarda guvoh bo‘ldik. Birinchisi, uning o‘yin avvalida kuchli bosim ostida qolganiga qaramay, jamoasining dastlabki golini kiritishning uddasidan chiqa oldi. Darvozaga noqulay nuqtadan gol kiritishi uning mohirligini yana bir bor ko‘z-ko‘z qildi.

Ko‘plab futbolchilar birorta o‘yinda «fokus-mokus» ko‘rsatishsa qolgan vaqtda buni to‘xtatib qo‘yishadi. Faqat Messi emas. U «Xetafe»ning o‘zining zargarona paslari bilan parchalab tashladi. Luis Suaresga uzatgan golli pasi hammasidan ajoyib bo‘ldi.

Mag‘lub: Jeymi Mata

«Xetafe» kechagi bahsda tishidan-tirnog‘igacha “Barsa”ga qarshi kurashdi. O‘yinga start berilganidan to tugagunga qadar katta ishtiyoq bilan harakat qildi. 1-2 hisobida ortda qolishganida ularning imkoniyatlari yanada ortdi. Xorxe Molina zaxirada qoldirilib Jeymi Mata maydonda qoldi va o‘zini ko‘rsatishga urinib ko‘rdi.

Uning Mark-Andre Ter Shtegen bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borishi darvozabonning gol o‘tkazib yuborishi bilan tugadi. Mata sovuqqonlik ko‘rsatdi va nemis posbonini ajoyib tarzda dog‘da qoldirdi. Biroq uning bu sa’yi-harakatlari jamoasiga bir ochko olishga ham etmadi.

G‘olib: Djene

Ba’zan bir o‘yinda katta shov-shuv ko‘tarib keyinchalik uni kattaroq klubga transfer bo‘lganini ko‘rasan. Djenening «Barselona»ga qarshi o‘yini mana shundaylardan biri bo‘ldi. Togolik himoyachi kataloniyaliklarga qarshi jon-jahdi bilan o‘ynadi.

U Luis Suares va Usmon Dembelega qarshi jismoniy jihatdan ustunlik qildi. U Messi va «Barsa»ning boshqa har qanday futbolchisiga qarshi texnik hukmronlikka erisha oldi. U ruxiy ustunlikni ham saqlab qoldi.

Uning o‘yini deyarli mukammal himoyaviy o‘yin bo‘ldi. Agarda u 1-fevralda ham «Xetafe»da bo‘lsa, biror jamoa po‘lat himoyachini qo‘ldan chiqargan bo‘ladi. U 1-sentyabrda ham klubda bo‘lsa, Evropaning biror jamoasi qattiq zarbani qabul qilib oladi.

Mag‘lub: Nelson Semedu

Serxi Roberto jarohat olganida Ernesto Valverde odatiy sxemaga qaytib Semeduni o‘ynatgandi. Portugaliyalik futbolchi sevimli o‘ng qanot himoyachisi emas. Chunki u to‘p bilan Robertodek muomala qila olmaydi. Hatto yarim himoyachi himoyachidan yaxshiroq variant ham hisoblanadi.

Ammo Semedu bilan «Barselona» odatdagidan yaxshiroq himoyalana boshladi. Qatorasiga uch o‘yinda La Ligada «quruq o‘yin» o‘tkazishdi. Uning ko‘proq vaqtini himoyada o‘tkazishi va tezligi, pozitsion salohiyati uning asosiy qurollari hisoblanadi. Ammo «kataloniyaliklar» butun mavsum himoyaviy o‘yin namoyish qila olmaydi. Roberto safga qaytishi bilanoq o‘ng qanotni qaytarib oldi. Garchi u yaxshi himoyalanishni bilmasa ham.

G‘olib: «Barselona»

Bir tarafdan «Barselona» o‘yinni yutdi. Bu ularni g‘olibga aylantiradi. Biroq ular yutgan uslubga qarang: «Xetafe»ning dastlabki goli hisobga olinmadi. «Barselona»ning birinchi goli omadning ortidan sodir bo‘ldi. «Barsa»ning ikkinchi goli uzoqdan kiritildi. Umuman kataloniyaliklar qishki ta’tildan keyingi dastlabki o‘yinini omad tufayli yutdi deyishimiz mumkin.

Mag‘lub: La Liga

Mavsumning dastlabki bir necha oyida La Ligada birorta yaqqol etakchi bo‘lmagani quvonarli holat edi. Kechagi g‘alaba «Barsa»ni «Atletiko»dan besh ochkoga o‘zib ketishiga sabab bo‘ldi. «Sevilya»dan etti ochko, 4-o‘rinda borayotgan «Alaves» va 5-o‘ringa tushib qolgan «Real»dan naq 10 ochkoga ilgarilab ketdi.

La Liga peshqadamlari eng ko‘p gol urgan (eng yaqin ta’qibchisidan 29 taga ko‘p) va to‘plar nisbati (+30) ham yaxshi bo‘lgan jamoaga aylandi. La Liganing so‘nggi 10 o‘yinida 7 g‘alabaga ega kataloniyaliklar o‘z yo‘liga nihoyat tushib olgani ko‘zga tashlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
07/01/2019 22:37
Бунака Реал билан Барса чемпионликни аник кулга киритади