
"Barselona" APLning yana bir iqtidorli hujumchisini ko‘z ostiga olib qo‘ydi
"Everton" klubi forvardi Risharlison "Barselona"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Le 10 Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 21 yoshli braziliyalik futbolchini mavsum yakunlangach yozgi transferlarda o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Risharlison joriy mavsum “irischilar” safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U “Everton” safiga yozda “Uotford”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” “Tottenxem” forvardi Xarri Keynni sotib olib, transfer bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar