"Barselona" Albaga uzoq yillik shartnoma taklif qiladi

  • 16.02.2019 17:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kuni kecha bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan shartnomani uzaytirgan "Barselona" endi kim bilan kelishuvni uzaytirishi borasida bir qarorga keldi.

Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar endi jamoaning almashtirib bo‘lmas himoyachisi Jordi Albaga yangi shartnoma taklif qilishadi. “Ko‘k-anor ranglilar” 2020 yilda shartnomasi yakunlanadigan 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga 5 yillik yangi kelishuv taklif qilishadi.

Ma’lumot uchun, Alba “Barselona” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 278ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 54ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!