"Barselona" Dembeleni 100 millionga "Arsenal"ga sotishga tayyor

  • 07.08.2018 20:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" joriy yozgi transferlar davrida jamoa vingeri Usmon Dembele bilan xayrlashishi mumkin.

El Mundo Deportivo tarqatgan xabarga qaraganda “ko‘k-anor ranglilar” “Arsenal”ning 21 yoshli frantsuz borasida yuborishi kutilayotgan 100 million evrolik taklifini ko‘rib chiqishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Dembele “Barselona” safiga o‘tgan yoz “Borussiya” Dortmunddan 120 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U yakunlangan mavsum kataloniyaliklar safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!