"Barselona" Neymar transferida "Real"ni qanday dog‘da qoldirgani oshkor bo‘ldi

  • 26 noyabr, 2016, 00:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Neymarning "Santos"dan Kataloniyaga transfer qilinishida asosiy rolni o‘ynagan DIS investitsiya kompaniyasi aslida braziliyalik superfutbolchiga "Real" jiddiy da’vogarlik qilganini va "Barselona"ning "aqlli yurishi" Madrid klubining yo‘lini to‘sganini oshkor qildi.
 
2013 yilda "Santos" klubi futbolchi uchun 65 million evro so‘ragan. Bundan tashqari, Neymar va otasining ham o‘ziga yarasha talablari bo‘lgan va bu transfer "Real"ga jami 105 million evroga tushadigan bo‘lgan. Aslida madridliklar bunday xarajatga ham rozi edi.
 
Biroq Neymar "Barselona"dan 10 million evro miqdorida mablag‘ olgan bo‘lib, jamoani almashtirsa birinchi bo‘lib Kataloniyaga kelishi belgilagan edi. Agar Neymar bu bitimni buib, Madrid klubini tanlaganida "Real" jarima tariqasida shartnomada belgilangan 50 million evroni ham to‘lashi kerak edi.
 
Barcha hisob-kitoblarga ko‘ra, "Real" Neymarni transfer qilsa jami 150 million evrodan ko‘p mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri kelgani bois, sekingina o‘z orzusidan voz kechib qo‘ygan ekan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!