"Barselona" Pikega Braziliyadan o‘rinbosar topdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘zining etakchi himoyachisi Xerar Pikening o‘rniga Braziliyadan o‘rinbosar topib qo‘ydi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha “ko‘k-anor ranglilar” o‘z safiga “Korintians” himoyachisi Leo Dos Santosni qo‘shib olishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, “Barselona” 19 yoshli braziliyalik futbolchiga kelajakda Pikening o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchi sifatida qaramoqda.
Qayd etish lozimki, Dos Santos uchun shuningdek Madridning “Real” klubi ham kurash olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Dos Santos joriy mavsum Braziliya chempionatida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi.



Fikrlar