"Barselona" Pikega munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 10 oktabr, 2018, 22:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amsterdamning “Ayaks” klubi himoyachisi Matteys de Ligt faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda kataloniyaliklar 19 yoshli golland futbolchisini jamoaning etakchi himoyachisi Jerar Pikega munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Ta’kidlash kerakki, “Barselona”ni joriy mavsum yakunlangach boshqa bir markaziy himoyachisi Tomas Vermalen ham tark etishi kutilmoqda. Shunday ekan ayni damda “ko‘k-anor ranglilar”ga mahoratli markaziy himoyachi juda ham zarur.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” shuningdek “Inter”dan Milan Shkrinyar, “Napoli”dan Kalidu Kulibali hamda “RB Leyptsig”dan Dayo Upamekano kabi markaziy himoyachilarni ham ko‘z ostiga olib qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!