"Barselona" Rabo bilan muzokaralarni to‘xtatdi

  • 21.02.2019 23:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi PSJ xavbeki Adrian Rabo bilan muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli frantsiyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar”ning taklifini juda ko‘p o‘ylab yuborgan va ularga aniq javob aytmagan. Endi Rabo “Barselona”ga o‘tishni xohlasa bu boradagi muzokaralarni davom  ettirish bo‘yicha o‘zi taklif bilan chiqishi kerak. Biroq, bu vaziyatda endi kataloniyaliklar unga nisbatan pastroq maosh taklif qilishlari mumkin.

 Ma’lumot uchun, Raboning PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Unga shuningdek "Bavariya", "Tottenxem", "Chelsi" va "Liverpul" klublaridan ham qiziqishlar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!