
"Barselona" Suaresning o‘rniga 3 nafar nomzod topib qo‘ydi
Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Luis Suaresning o‘rniga munosib 3 nafar futbolchininng nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Team Talk nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” urugvaylik to‘purar o‘rniga Roberto Firmino ("Liverpul"), Kshishtof Pentek ("Jenoa") va Nikolya Pepe ("Lill") kabi futbolchilarni ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Suaresning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar