"Barselona" Suaresning o‘rniga 3 nafar nomzodni ko‘z ostiga olib qo‘ydi

  • 2 noyabr, 2018, 23:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Tottenxem" forvardi Xarri Keynga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaning yozishicha “ko‘k-anor ranglilar” 24 yoshli angliyalik futbolchini o‘zining urugvaylik hujumchisi Luis Suaresga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda va buning uchun “shporlar”ga 175 mln evro taklif qilishga tayyor.

Agar, bordiyu “Barselona” Keynni qo‘lga kirita olmasa, u holda bor e’tiborini "RB Leyptsig" hujumchisi Timo Verner va "Ayaks" hujumchisi Kasper Dolberglarga qaratadi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Suares joriy mavsum “Barselona” safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!