"Barselona" Villianni sotib olishga yana urunib ko‘rmoqchi

  • 11 yanvar, 2019, 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Villian hamon "Barselona"ning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar Villian uchun “aristokratlar”ga yana bir bor taklif bilan chiqishga tayyor. Ular bu safar ushbu transferga yozda “Bordo”dan sotib olgan futbolchisi – Malkomni qo‘shishga tayyor.

Eslatib o‘tish lozimki, “Barselona” o‘tgan yoz 30 yoshli braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritishga jiddiy bel bog‘lagan va naqd 3 marta “Chelsi”ga rasmiy taklif bilan murojaat qilgan edi. Ammo, yakunda bu transfer amalga oshmagach, “ko‘k-anor ranglilar” aynan Malkomni xarid qilishgan edi.

Ma’lumot uchun, Villianning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!