
"Barselona" bu safar ham "Real Sosedad"ni mag‘lubiyatga uchrata oladimi?
Avval xabar berganimizdek kecha La Liganing 4-tur bahslariga start berildi.
Bugun esa musobaqaning amaldagi chempioni “Barselona” safarda “Real Sosedad” mehmoni bo‘ladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
"Real Sosedad" so‘nggi 11ta o‘yindan buyon kamida 2ta gol urib kelmoqda.
“Barselona” esa La Liganing so‘nggi 38ta bahsidan 37tasida mag‘lub bo‘lmayapti.
"Barselona" oxirgi 6ta bahsdan buyon "Real Sosedad"ni mag‘lubiyatga uchratib kelmoqda.
"Real Sosedad" – "Barselona"
Stadion: "Anoeta" (San-Sebastyan)
Boshlanish vaqti: 19:15
Bosh hakam: Karlos Del Serro Grande (Ispaniya)
"Real Sosedad": Ruli – Saldua, Elustondo, Xoselu, Ernandes – Ilyarramendi, Subeldia, Merino – Xuanmi, Oyarsabal, Bautista.
"Barselona": ter Shtegen – Roberto, Pike, Umtiti, Alba – Buskets, Rakitich, Koutino – Dembele, Messi, Suares.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvni bugun Uzreport telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar