“Barselona” bugun o‘zining yozgi transferlardagi 2-xaridini e’lon qiladi
Bugun Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transferlar davridagi o‘zining navbatdagi xaridini amalga oshiradi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra “Sevilya” himoyachisi Kleman Langle bugun “ko‘k-anor ranglilar” bilan shartnoma imzolaydi. “Barselona” esa 23 yoshli futbolchi uchun andalusiyaliklarga uning shartnomasida ko‘rsatilgan 35 mln evro mablag‘ni to‘lab beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra frantsiyalik futbolchining “Kamp Nou”dagi rasmiy tanishtiruv marosimi ertaga o‘tkazilishi mumkin.

Fikrlar