"Barselona" hujumchisi APL klubiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi
"Barselona" klubi forvardi Pako Alkaser faoliyatini "Uotford"da davom ettirishga juda yaqin turibdi. Bu haqda goal.com sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra kataloniyaliklar APL klubining 24 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 2 yilga ijaraga olish taklifini qabul qilishmoqchi. Endi inglizlar bu borada Alkaserning roziligini olishi lozim.
Ma’lumot uchun Pako o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar