
"Barselona" hujumchisi faoliyatini "Sevilya"da davom ettiradigan bo‘ldi
Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi Munir El-Xaddadi “Sevilya”ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi.
El Mundo Deportivo tarqatgan xabarga qaraganda 23 yoshli futbolchi andalusiyaliklardan bo‘lgan taklifni qabul qilgan. Endi “Sevilya” futbolchining transferi borasida “Barselona” bilan kelishuvga erishsa bas. Tomonlar ayni damla muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Munir kataloniyaliklar bilan shartnomani uzaytirishni xohlamagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Munir joriy mavsum La Ligada jami 7ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar