"Barselona" hujumchisi yozda jamoadan ketmoqchi
"Barselona" forvardi Munir El-Xaddadi mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 23 yoshli futbolchi etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Qayd etish lozimki, Munirga ayni damda "Betis", "Selta", "Shalke", "Marsel", "Vest Xem", "Napoli" va "Alaves" klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Munir joriy mavsum La Ligada jami 7ta o‘yina ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar